"AQSHdan yiroq bo'ling": Blatter Jahon chempionatini boykot qilishga chaqirdi

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2026, 12:29
2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatini boykot qilish g'oyasi axborot makonida tobora ko'proq muhokama qilinmoqda.

Bu tashabbusni futbol olamidagi nufuzli shaxslar ham qo'llab-quvvatlayapti.

Hozirda korrupsiya ayblovlari bilan bog'liq ishlarda tilga olinayotgan FIFA sobiq prezidenti Zepp Blatter mundialni boykot qilishga chorladi.

"Muxlislar uchun yagona maslahat bor: AQSHdan yiroq bo'ling! Menimcha, Mark Pit bu Jahon chempionati masalasini shubha ostiga qo'yayotganida haq", – deb yozdi Blatter X'dagi akkauntida.

Avvalroq Fransiya sport vaziri JCHni boykot qilish g'oyasini rad etib, ushbu musobaqa sport muxlislari hayotining muhim qismi ekanini takidlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/SeppBlatter