APLning uch klubi Lingard uchun kurashadi

Alisher
28 yanv 2022, 16:28
"Manchester Yunayted" vingeri Jessi Lingard yanvardagi transfer oynasi so'nggiga qadar klubini o'zgartirishi mumkin.

Hujumkor yarim himoyachi uchta ingliz klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Jessi uchun kurashda "Aston Villa", "Lester" va "Everton" ishtirok etmoqda. Ushbu klublar Jessining vaziyatini kuzatishmoqda va unga shartnoma tayyorlashmoqda. Lingardning transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda.

Futbolchi joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Manchester Evening News