APLning sobiq hakami Klattenburg jahonning eng yaxshi jamoasi sifatida qaysi klubni ko'rishini aytdi

Eldor Akmurzayev
11 apr 2019, 23:04
APLning sobiq hakami Mark Klattenburg Daily Mailʼga bergan intervyusida Nyukaslga muxlislik qilishini yashirmadi.

U Nyukaslni jahonning eng yaxshi klubi sifatida ko'rishini bildirgan. 

44 yoshli angliyalik referi 2004-2017-yillar oraligida Premer-liga hakami sifatida ishlab kelgan. 2016-yil uning uchun eng omadlisi bo'lgan. O'sha yili u Angliya Kubogi, YCHL va Evro-2016 musobaqalarining hal qiluvchi uchrashuvlarini boshqargan.

Mark Klattenburg joriy yilning fevral oyida faoliyatini yangilagan va Xitoy superligasining uchrashuvlarini boshqarish bo'yicha shartnoma imzolagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail