APLning o'tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi "Arsenal"dan

Aslanov Jasurbek
2 noya 2018, 16:44
WhoScored nashri Angliya Premer-ligasining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi kim bo'lganini e'lon qildi.

Ushbu nomga "Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyyang munosib deb topildi. Hujumchi o'tgan oyda o'tkazilgan 3ta uchrashuvda ("Fulxem", "Lester Siti", "Kristal Pelas") maydonga tushib, 5ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

Per-Emerik Obameyyangning oktyabrdagi natijalari (APL)

WhoScored bahosi - 8,14 (1-o'rin)

Gollar - 5ta (1-o'rin)

Zarbalar - 5ta (23-o'rin)

Har bir gol uchun sarflangan o'rtacha vaqt - 27 daqiqa (2-o'rin)

Assistentlik - 1ta (5-o'rin)

Driblinglar - 3ta (14-o'rin)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia