APLning ikki klubi "Manchester Siti" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2025, 17:34
"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Jeyms Makati Angliya Premer-ligasida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Nottingem Forest" va "Kristal Pelas" 22 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgan APL klublari qatorida. Takidlanishicha, "shaharliklar" istedodni 29 million evrodan ko'prog'iga loyiq deb bilmoqda.

Makati o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 27 o'yinda 7 ta gol urishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports