APLning ikki grandi yozda Sanchoni qo'lga kiritishga urinib ko'radi

Eldor Akmurzayev
2 fev 2020, 14:22
“Borussiya D” a'zosi Jeydon Sancho Angliyaga yo'l olishi mumkin.

“Manchester Yunayted” hamda “Chelsi” 19 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasida qo'lga kiritmoqchi. Uning boshlang'ich narxi esa 70 mln. evroga baholangan. 

Vinger joriy mavsum Bundesligada 18 bahsda qatnashdi va 12ta gol urgan holda 13ta pasni o'z hisobiga yozdirdi. 

Eslatib o'tamiz, Sancho “Uotford” hamda “Man Siti” kabi jamoalarning akademiyasida tahsil olgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: standard.co.uk