APLning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi ma'lum bo'ldi

Alisher
10 yanv 2020, 17:01
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold APLning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bu mukofot 21 yoshli ingliz futbolchisining faoliyatidagi birinchisi bo'ldi.

Trent dekabr oyida 5ta o'yin o'tkazib, 1ta gol va 3ta assistga erishdi.


Mukofot uchun Trentdan tashqari quyidagilar raqobatlashayotgan edi:


Emiliano Buendiya (Norvich) - 7ta o'yin, 2ta assist

Dominik Kalvert-Lyuin (Everton) - 7ta o'yin, 5ta gol

Kevin De Bryoyne (Manchester Siti) - 6ta o'yin, 3ta gol va 3ta assist

Ben Foster (Uotford) - 6ta o'yin (3ta quruq o'yin)

Denni Ings (Sautgempton) - 6ta o'yin, 5ta gol

Adama Traore (Vulverxempton) - 7ta o'yin, 2ta gol va 1ta assist

Jeymi Vardi (Lester) - 6ta o'yin, 5ta gol

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: premierleague.com