APLda yil futbolchisi bo'lishga nomzodlar e'lon qilindi

Tolibjon Qosimov
14 apr 2018, 17:13
Angliya professional futbolchilar Assotsiatsiyasi (PFA) davom etayotgan mavsumda APLning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga da'vogarlarni e'lon qildi.

Unga ko'ra, 6 nafar o'yinchi Premer-ligada eng yaxshi bo'lishga nomzod.

APLda yil futbolchisi bo'lishga nomzodlar:

David De Xea, "Manchester Yunayted"
Xarri Keyn, "Tottenxem"
Muhammad Salah, "Liverpul"
Kevin de Bryuyne, "Manchester Siti"
David Silva, "Manchester Siti"
Leroy Sane, "Manchester Siti"


O'tgan yil ushbu sovrinni "Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante qo'lga kiritgan edi.

Sizningcha, joriy mavsum APLda kim eng yaxshi o'yinchi bo'lishi kerak?

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/PFA