APLda VAR bekor qilinmaydi

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2024
"Vulverxempton"ning taklifi klub yig'ilishida rad etilishi kutilmoqda.

"Vulverxempton"ning APLdagi o'yinlarida VAR tizimini bekor qilish taklifi qabul qilinmaydi, deb xabar berdi "The Telegraph".

Ma'lum qilinishicha, 6 iyun, payshanba kuni APL klublarining umumiy yig'ilishi bo'lib o'tadi va unda "bo'rilar"ning taklifi bo'yicha ovoz berish o'tkaziladi. Ular rad etilishi kutilmoqda, chunki boshqa klublar VARni saqlab qolishni xohlashadi.

Oldinroq kuzda APLda ofsaydlarni yarimavtomatik aniqlash, shuningdek, VAR qarorlarini stadionda ommaga murojaat qilish tizimlari orqali translyatsiya qilish joriy etilishi haqida xabar berilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph