APLda kim chempion bo'ladi? "CIES" taxmin qilib ko'rdi

Mirjalol Normatov
10 sen 2025, 01:15
"CIES" taxminiga ko'ra, "Liverpul"ning APLda chempion bo'lishi ehtimoli yuqoriroq.

Baholash tizimi klubning sport tizimi, transferlarga ishlatilgan mablag', jamoaning o'tgan mavsumdagi o'yin darajasi orqali akslandi.

APL chempionligiga favorit sifatida "Liverpul" qayd etildi - 28,9 foiz. "Arsenal" 18,8 foiz bilan ikkinchi, "Chelsi" 16,2 foiz bilan uchinchi o'rinda.

14,4 foiz ko'rsatilgan "Manchester Siti" to'rtinchi qatorda qayd etildi. "Nottingem Forest" (7,9%) – beshinchi, "Nyukasl" (5,8%) – oltinchi, "Aston Villa" (3,2%) – ettinchi, "Manchester Yunayted" (2,6%) – sakkizinchi o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: CIES