APLda ilk bor 2 jamoa bosh murabbiylari o'yindan keyingi matbuot anjumanida bir vaqtda ishtirok etishdi

Tolibjon Qosimov
2 apr 2018, 19:44
Dam olish kunlari Angliyada Premer-liganing 32-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Turnir jadvalida ikkinchi pog'onada borayotgan "Manchester Yunayted" jamoasi o'z maydonida "Suonsi"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Har ikki jamoaning bosh murabbiylari portugaliyalik mutaxassislar bo'lgani sabab ular o'yin davomida o'zaro do'stona munosabatda bo'lishdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Joze Mourinyo ishtirok etayotgan bir pallada xonaga "Suonsi" ustozi Karlush Karvalhal kirib keldi. Mourinyo esa vatandoshini yoniga chorladi. Bu holatga jurnalistlar hayron bo'lishdi. Murabbiylar esa tabassum qilib qo'yishdi va savollarga birga o'tirgan holda javob qaytarishdi.



"Matbuot anjumanida har ikki murabbiyning bir vaqtda ishtirok etishi. Bu APLda mening xotiramda ilk marotaba", - deb yozdi o'sha yerda bo'lgan jurnalistlardan biri ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga.



"Suonsi" ustozi: "Mourinyo - portugal futboli qiroli"

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/AndyMitten