APL. Xoland “Tottenxem” bilan o'yinda musobaqadagi antirekordini qo'ydi

Eldor Akmurzayev
6 fev 2023, 10:30
Angliya chempionati 22-turida “Manchester Siti” safarda “Tottenxem”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“Shporlar”ga qarshi bahsda hujumchi APLdagi o'yinda ilk bor raqib darvozasi tomon birorta ham zarba berolmadi. Shuningdek, u londonliklar jarima maydonida biror marta ham to'pga teginmadi. Norvegiyalik uchrashuvni to'liq o'tkazgandi.

Eslatib o'tamiz, Xoland joriy mavsum musobaqada 20 bahsda qatnashib, 25+3 natija ko'rsatib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka