

Uchrashuvning 15-daqiqasida mezbonlar a'zosi Mark Noubl penaltini aniq amalga oshirib hisobni ochgan bo'lsa, 2 daqiqa o'tar-o'tmas Bakuna hisobni tenglashtirdi. Keyin esa mexmonlar yana 2ta gol urib, 1:3 hisobidagi g'alabani ilib ketadigandek ko'rinayotgandi. Biroq, “Vest Xem” a'zolari so'nggi 15 daqiqalikda kambek (4:3) amalga oshirib, uch ochkoni o'ziniki qilib oldi. Uchrashuv qahramoni esa 2-bo'limda Maykl Antonioning o'rniga maydonga tushib, o'z hisobiga dubl yozib qo'ygan Chicharito bo'ldi.

Manuel Pellegrini shogirdlari mazkur muvaffaqiyatdan so'ng 42 ochko to'pladi va musobaqa jadvalining 9 pog'onasiga joylashib oldi.



