APL. “Tottenhem” o'z uyida “Vest Xem” qarshiligini sindira olmadi+FOTO

5 yanv 2018, 02:52
APL 21-turining qoldirilgan uchrashuvida “Tottenhem” o'z maydonida “Vest Xem” bilan kuch sinashdi.

Shiddatli kechgan bellashuvda muxlislar ikkinchi bo'limda har ikkala jamoa a'zolari tomonidan kiritilgan shedevr gollarga guvoh bo'lishdi. Dastlab 70-daqiqada Obiang tomonidan uzoq masofadan yo'llagan kuchli va aniq zarbani Ugo Loris qaytara olmagan bo'lsa, 84-daqiqada “Totenhem”ning janubiy koreyalik yarim himoyachisi Son Xin Min birinchi goldan qolishmaydigan ajoyib golga mualliflik qildi- 1:1


Angliya chempionati

21-turning qoldirilgan uchrashuvi

Tottenxem – Vest Xem 1:1

Gollar: 0:1 – 70 Obiang, 1:1 – 84 Son Xin Min.

Tottenxem – Loris, Sanches, Devis (Lorente, 82), Ore, Vertongen, Eriksen, Dayer (Vanyama, 74), Sissoko (Lamela, 74), Alli, Son Xin Min, Keyn.

VestXem –Adrian, Ogbonna, Masuaku, Sabaleta, Rid, Obiang, Rays, Lansini (Kerroll, 85), Kuyate, Nobl, Ernandes (Ayyu, 65).

Ogohlantirish:  Kerroll (87).



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia