

“Suonsi” klubi o'z maydonida “Liverpul” jamoasini qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Yagona gol 40-daqiqada Mouson tomonidan kiritildi.
Tarkibida dunyoning eng qimmat himoyachisi Virgil van Deyk bo'lgan mersisaydliklar mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Deyk o'z debyutini mag'lubiyat bilan qarshi oldi.



