"Arsenal" "Old Trafford"da muhim g'alabani qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
1 noya 2020, 23:25
Angliya chempionati 7-turidan o'rin olgan markaziy bahs yakunlandi.


"Manchester Yunayted" – "Arsenal" 0:1

21.30, "Old Trafford"

Gol. 69 - Obameyang 0:1

"Manchester Yunayted" – De Xea, Shou, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Maktomini, Brunu Fernandesh (Donni van de Bek, 76), Pogba, Fred (Matich, 62), Reshford, Grinvud (Kavani, 75).

"Arsenal" – Leno, Xolding, Belerin, Gabriel, Tirni, Saka, Parti, El-Nenni, Villian (Meytlend-Naylz, 86), Obameyang(Shkodran Mustafi), Lyakazett (Nketia, 76).


Uchrashuv yakunlandi

90+3. ZARBAAA. Matich aniq zarba yo'lladi, biroq to'p to'g'ri Lenoning qo'liga keldi

Hakam ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berildi 

87. Ogohlantirish: Obameyang maydondan sekin chiqib ketgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

87. O'zgarish. Shkodran Mustafi Per-Emerik Obameyangning o'rniga maydonga tushdi

86. O'zgarish: Meytlend-Naylz maydonga tushdi. U Villianni alishtiridi

85. UXXXXXX. El-Nenni sal qolsa o'zining darvozasiga to'pni joylab qo'yardi

80. Uchrashuvning asosiy vaqtiga o'n daqiqa qoldi

75. O'zgarish: Lyakazett o'rniga Nketia maydonga tushdi

76. O'zgarish: Fernandesh o'rniga Donni van de Bek maydonga harakat qiladi

75. O'zgarish: Grinvudning o'rniga Edinson Kavani maydonga tushdi.

71. Ogohlantirish. Grinvud hakam tomonidan ogohlantirildi

69. GOOOOOOOL. Obameyang hisobni ochdi 

68. Penalti. Pogba Ektor Belerin jarima maydonchasini ichida yiqitdi va hakam ikkilanmasdan o'n bir metrli nuqtani ko'rsatdi

65. ZARBAAA. El-Nenni yaxshi zarba yo'lladi, biroq zarbaga aniqlik yetishmadi

62. O'zgarish: Matich Fredni o'rniga maydonga tushdi

58. ZARBAAA. Parti jarima maydonchasining ichiga kirmasdan kuchli va aniq zarba yo'lladi, biroq David de Xea o'z o'rnida

55. Xavfli vaziyat. Mezbonlar jarima zarbasini amalga oshirdi. Maguayr boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi

52. UXXXXX. Obameyang yaxshi zarba yo'lladi, biroq to'p biroz noaniq ketdi

48. ZARBAAA. Uan-Bissaka jarima maydonchasini ichidan zarba yo'lladi,to'p mehmonlar himoyachisiga tegib burchakka chiqib ketdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi 

Uchrashuvning birinchi bo'lim yakunlandi

44. ZARBAA. Saka Belleringning uzatmasini boshi bilan zarba yo'lladi, biroq zarbaga biroz aniqlik yetishmadi

39. ZARBAAAA. Villian kuchli zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi darvoza to'siniga teydi.

37. Arsenal futbolchilari raqib jarima maydonchasiga kirib borishdi, biroq Lyakazett to'pga oyog'ini qo'ya olmadi.

27. Ogohlantirish. Mehmonlarning ikkinchi markaziy himoyachisi Gabriel Magalyayns ham ogohlantirildi

25. Ogohlantirish. Holding Pogbaning oyog'iga tepdi va hakam unga ham sariq kartochka ko'rsatdi.

22. Ogohlantirish. Villian qarshi hujumga qochib ketayotganida Fred raqibini yiqitdi va ogohlantirildi

21. ZARBAAA. Reshford Grinvudga ajoyib pas berdi, Grinvudning zarbasini Leno qaytardi.

14. UXXXX. Belerin qanotdan yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq Obameyang to'pga yetib kela olmadi

12. Uchrashuvning dastlabki o'n daqiqasida Arsenal futbolchilari mezbonlarga nisbatan to'p bilan yaxshiroq harakat qilmoqda.

7. Mehmonlar uchrashuvdagi ilk burchak zarbasiga ega bo'ldi. Villianning uzatmasini Fernandesh qaytarib yubordi.

Uchrashuv boshlandi 

Angliya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo'lga kiritgan Nobbi Staylz vafoti tufayli o'yin bir daqiqa sukut bilan boshlandi. 


Jamoalar uchrashuvdan oldingi mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia