"Manchester Siti" mehmonda "Chelsi"ni qiyinchilisiz mag'lub etib, yangi mavsumni g'alaba bilan boshladi

Khoja
18 avg 2024
APLning 1-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" - "Chelsi" uchrashuvi yakunlandi.

Jamoalarning bugungi uchrashuv uchun tanlagan tarkiblari bilan tanishing.

Chelsi – Manchester Siti 0:2

Gol: 0:1 – 18 Xoland, 0:2– 84 Kovachich 

Chelsi – Sanches, Kukurelya (Veyga, 80), Koluill, Fofana, Gyusto, Laviya (Dyuzberi-Xoll, 67), Kaysedo, Fernandes, Palmer, Nkunku (Netu, 58), Djekson (Giu, 67).

Manchester Siti – Ederson, Gvardiol, Ruben Diash, Akandji, Lyuis, Kovachich, Savio (Foden, 46), de Bryuyne, Bernardu Silva, Doku, Xoland.

Ogohlantirish: Xoland (66), Kaysedo (89).


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi

89. Ogohlantirish: Moyses Kaysedo hakam tomonidan ogohlantirildi

84. GOOOL.  Kovachich to'pni egallab oldi va 20 metrcha to'p bilan harakat qilib, zarba yo'lladi. Bu zarba oldida Sanches "ojiz" qoldi

76. Hakam VARni eshitdi va "Man Siti" darvozasiga penalti belgilashga asos yo'q deb hisobladi

73. Riko Lyuis ajoyib harakat qildi va to'pni Xolandga uzatmoqchi bo'ldi, biroq himyoachi to'pni burchakka chiqarib yubordi

67. Jakson va Lavia maydoni tark etdi, ularning o'rniga Kirnan Dyusberi-Xoll va Marc Guiu maydonga tushdi

66. Ogohlantirish: Xoland ogohlantirildi

65. Riko Lyuis gol urdi, biroq hakam ushbu vaziyatdan avval qo'pollik ishlatilganini ma'lum qildi

61. Jekson hisobni tenglashitirishi mumkin edi, biroq Edersondan seyv

59. Mezbonlarda yaxshi imkoniyat bo'ldi. Hozirgina maydonga tushgan Netu hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq Riko Lyuis so'nggi soniyada to'pni burchakka chiqarib yubordi

58. Pedru Netu maydonga tushdi, u Nkunkuni alishtirdi

52. Xolandning zarbasini Sanches qaytarmoqda

46. Foden maydonga tushdi, u Savioni alishtirdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi

44. Palmerning zarbasini Ederson qaytardi, qaytgan to'pni esa Jekson darvozaga joylab qo'ydi, biroq yon hakam bayrog'ini ko'tardi

40. Bernardu Silvaning zarbasini yana darvozabon qaytardi

39. Mezbonlar goldan so'ng ancha yaxshi harakat qilishmoqda. Bu safar ham Ensoning zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

37. Dokudan super zarba va Robert Sanchesdan super seyv

33. Ensoni yiqitishdi. Argentinalik futbolchi penalti so'radi, biroq hakam jim

22. Kevin de Bryuynening uzoqdan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

Yo'q, Silva "toza" chiqdi va Xolandning goli hisobga olindi

20. Hakamlar VARga murojaat qildi. Golga assist qilgan Silva ofsaydda qolgan bo'lishi mumkin

18. GOOOL. Holand hisobni ochmoqda. Norvegiyalik hujumchi mavsumdagi gollar sonini ochib oldi

10. Fofananing zarbasi ancha noaniq chiqdi

8. Bernardu Silvaning zarbasi himoyachiga tegdi va endi "shaharliklar" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Biroq burchak zarbasi omadsizlik bilan yakunlandi

4. Dokuning uzatmasi noaniq chiqdi, bu uzatmaga Xoland yetib kela olmasdi

UCHRASHUV BOSHLANDI!


KhojaMuallif
Manba: championat.asia