APL. "Liverpul" qatorasiga 11 uchrashuvda g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2020, 02:50
Angliya chempionatining 21-turi o'z nihoyasiga etdi.

Mazkur tur doirasida musobaqa karvonboshisi "Liverpul" o'z maydonida ""Sheffild Yunayted" klubini qabul qildi. Uchrashuv taqdrini afrikalik futbolchilar –  Sado Mane va Muhammad Saloh tomonidan kiritilgan gollar hal qildi. Bu Yurgen Klopp shogirdlari uchun Angliya chempionatidagi qatorasiga 11-g'alabaga aylandi.

APL musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Liverpul – Sheffild Yunayted 2:0 

3 yanvar, 01.00, "Enfild"

Gollar:

1:0 – 4 Salax, 2:0 – 64 Mane.

Liverpul – Alisson, Gomes, van Deyk, Aleksander-Arnold, Robertson (Lallana, 88), Xenderson, Veynaldum, Milner, Mane (Origi, 78), Salax (Elliot, 90), Firmino.

Sheffild Yunayted – Xenderson, Stivens, Bashem, Igan, Boldok, Landstrem, Norvud (Beshich, 78), Flek, O`Konnell, Musse (Makberni, 65), Makgoldrik (Sharp, 66).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia