APL. "Liverpul" "Sautgempton"ni mag'lub qildi. Chempionlik masalasi so'nggi turda hal bo'ladi

Narzulla Saydullayev
18 may 2022, 01:41
APL 37-turidan o'rin olgan muhim uchrashuvda "Liverpul" "Sautgempton"ni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi.

APL 37-turida "Liverpul" ikkinchi tarkibi bilan "Sautgempton"ni mag'lubiyatga uchratdi va chempionlik uchun imkoniyatni saqlab qoldi. Hozirda "Man Siti" 90, "Liverpul" esa 89 ochkoga ega. So'nggi turda barcha masalaga oydinlik kiritiladi.

APL TURNIR JADVALI

 "Sautgempton" – "Liverpul" 1:2 

Gollar: 1:0 – 13 Redmond, 1:1 – 27 Minamino, 1:2 – 67 Matip.

Sautgempton – Makkarti, Uoker-Piters, Stivens, Voynovich, Salisu, Elyunussi, Redmond, Tella (Armstrong, 71), Uord-Prouz, Diallo (Romeu, 71), Broya (Adams, 82).

Liverpul – Alisson, Gomes (Xenderson, 46), Matip, Konate, Cimikas, Milner, Djons, Elliott (Origi, 65), Firmino (Keyta, 83), Minamino, Diogu Jota.

Ogohlantirishlar: Tella (69), Stivens (74).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia