APL. "Liverpul" qatorasiga 43 o'yinda mag'lub bo'lmadi. "Arsenal" rekordiga qadar...

16 fev 2020, 00:45
Premer-liganing 26-turida "Liverpul" "Norvich"dan ustun keldi (1:0).

Shu tariqa Yurgen Klopp jamoasining APLdagi mag'lubiyatsiz o'yinlari soni qatorasiga 43 o'yinga etdi.

"Liverpul" mazkur ko'rsatkich borasida "Nottingem Forest" (1977-1978 yillarda, 42 o'yin) jamoasidan o'zib ketdi.

Mag'lubiyatsiz o'yinlar soni bo'yicha Angliya chempionatining rekordi Londonning "Arsenal" klubiga tegishli. "To'pchilar" 2003-2004 yillarda ketma-ket 49 o'yinda mag'lub bo'lishmagan edi. "Liverpul" bu natijani takrorlashni xohlasa, 6 o'yinda, yangilashni xohlasa, yana 7ta bahsda mag'lub bo'lmasligi talab qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia