APL. "Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvidan keyingi faktlar

Mirjalol Normatov
19 okt 2025, 23:15
Yaqindagina APLning 8-turi doirasidagi "Liverpul" - "Manchester Yunayted" bahsi yakuniga etdi.

Unda mankunianliklar 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Ushbu uchrashuvdan keyingi bir qancha faktlarni keltirib o'tamiz:

- Xarri Maguayr o'tgan mavsum startidan buyon MYU uchun to'rtinchi marta g'alaba golini urdi;

- "Liverpul" ketma-ket to'rtinchi marta ("Kristal Pelas", "Galatasaroy", "Chelsi", "Manchester Yunayted") mag'lub bo'ldi;

- "Manchester Yunayted" Ruben Amorim qo'l ostida ilk marta ketma-ket ikki o'yinda g'alaba qozondi;

- MYU 9 yil deganda "Enfild"da g'alabaga erishdi: so'nggi muvaffaqiyat 2016 yilda qayd etilgan va 0:1 hisobida yakunlangan o'yinda Ueyn Runi g'alaba golini urgandi;

- 116 millionlik Florian Virtc "Liverpul" tarkibida 11 o'yinda 0+1 qayd etmoqda;

- Aleksandr Isak ushbu mavsumda hali gol urmadi: MYUga qarshi o'yinda faqatgina bitta aniq zarba yo'lladi

- Senne Lammens darvozada turgan ikkala o'yinda ham "Yunayted" g'alaba qozondi;

- "Liverpul" "Enfild"da MYUga qarshi so'nggi 3 o'yinda g'alaba qozona olmadi: 2 durang va 1 mag'lubiyat;

- Ushbu mag'lubiyatdan keyin "Liverpul" APL turnir jadvalida 4-o'ringacha tushib ketdi, MYU esa 9-o'ringa ko'tarildi;

- Slot faoliyatida ilk marta ketma-ket to'rt o'yinda mag'lub bo'ldi;

- Saloh so'nggi 4 o'yinda sermahsullik qayd etmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia