APL. Safarda "Lester"ni enggan "Aston Villa" 2-o'ringa ko'tarilib oldi

19 okt 2020, 01:15
Angliya premer-ligasi 5-tur bahslari davom etadi.

Biroz avval yakuniga etgan "Lester Siti" - "Aston Villa" uchrashuvi taqdirini Ross Barkli tomonidan so'nggi daqiqalarda urilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa ochkolari sonini 12 taga etkazib olgan (zahirada 1 o'yin bor) birmingemliklar turnir jadvalining 2-pog'onasiga ko'tarilib olishdi. Ma'lumot uchun, aynan "Aston Villa" APLning joriy mavsumida ochko yo'qotmagan yagona klub bo'lib turibdi.

Lester – Aston Villa 0:1 

18 oktyabr, 23.15, King Pauer

Gol:

0:1 – 90 Barkli.

Lester – Shmeyxel, Kastan, Djastin, Fofana, Evans, Tilemans, Prat (Meddison, 68), Mendi (Chouduri, 78), Barns, Peres, Ixeanacho (Slimani, 71).

Aston Villa – Martines, Mingz, Targett, Konsa, Kesh, Barkli, Makginn, Grilish, Trezege (Traore, 81), Duglas Luis, Uotkins.

Ogohlantirishlar:

Peres (31), Makginn (32), Kesh (40), Tilemans (41), Duglas Luis (70), Kastan (73), Evans (74).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia