

Angliya Premer-Ligasi klublari beshta zaxira imkoniyatidan foydalanishga qarshi ovoz berishdi. Ushbu qoida yangi mavsumda qo'llanilmaydigan bo'ldi.
Avvalroq, APL jamoalariga bitta o'yinda odatdagidek uchta emas, beshta o'zgarish qilishga ruxsat berilgan. Bu uzoq muddatli karantindan tufayli tadbiq etilgandi.
Eslatib o'tamiz, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi ushbu qoidani 2020/21 yilgi mavsum uchun saqlab qolish yo qolmaslik to'g'risidagi qarorni chiqarishni federatsiyalar ixtiyoriga topshirgan edi.



