APL klubi Tripperni sotib olishga tayyor

Alisher
11 may 2020
"Atletiko" himoyachisi Kiran Tripper "Byornli" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Ingliz klubi yozgi transferlar oynasida 29 yoshli angliyalik futbolchi uchun madridliklar talab qilayotgan 20 million funtni to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Tripper o'tgan yozda "Atletiko"ga "Tottenxem"dan 15 million funt evaziga o'tgandi.

Kiran joriy mavsum "Atletiko" libosida La Ligada 19ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun