APL klubi o'z safiga futbolchi qo'shib oldi

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2018, 18:47
"Kristal Pelas" qishki transfer oynasida yarim himoya chizig'ini kuchaytirdi.

"Benfika" yarim himoyachisi Erdal Rakip ijara asosida mavsum oxirigacha londonliklar safida to'p tepadi. Bu haqda London klubi rasmiy sayti xabar berdi.

21 yoshli shvetsiyalik futbolchi "Malmyo" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Rakip Shvetsiyaning turli yoshlardagi terma jamoalarida ham o'ynagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia