APL. Keyn Runining rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
4 apr 2021, 19:50
Ayni daqiqalarda Angliya chempionati 30-turidan o'rin olgan "Nyukasl" – "Tottenxem" bahsi davom etmoqda.

Uchrashuvda “shporlar” forvardi Xarri Keyn dublga erishib turibdi.

Keyn bitta klub safida safardagi o'yinlarda gol urish bo'yicha APL rekordini yangiladi. U 124 uchrashuvda 84 ta gol urdi. 

Bundan avvalgi eng yaxshi natija esa MYU sobiq hujumchisi Ueyn Runiga tegishli edi – 82 gol.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta