APL homiylik qoidalariga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha ovoz berish bekor qilindi

Sherzod Nurmatov
27 sen 2024, 18:32
Angliya Premer-ligasining homiylik qoidalariga o'zgartirish kiritish bo'yicha ovoz berish Liganing ertalabki yig'ilishi kun tartibidan olib tashlandi.

Bu haqda "Daily Mail" ma'lum qildi. 

Xabar qilinishicha, bunday qarorga "Manchester Siti"ning APLga aloqador tomonlar bilan kelishuvlar bo'yicha ishda g'alaba qozonishi mumkinligi sabab bo'lishi mumkin. Tez orada o'z kuchini yo'qotishi mumkin bo'lgan reglamentga o'zgartirishlar kiritishdan mano yo'qligi sababli ovoz berish oxirgi daqiqalarda bekor qilindi. "Manchester Siti" bu borada izoh berishdan bosh tortdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail