APL. "Man Siti" O'Rayli va Kovachichning gollari evaziga "Everton"ni mag'lub etdi, Husanov zaxirada qoldirildi

Omonjon To`xtamirzayev
19 apr 2025
APL 33-tur doirasidagi "Everton" - "Manchester Siti" o'yini bo'lib o'tdi.

Gollar bahsning so'nggi qismida urildi. 84-daqiqa Niko O'Rayli va 90+2 daqiqada Mateo Kovachich o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. "Shaharliklar" shu bilan muhim uch ochkoga ega chiqishdi va jadvalda hozircha to'rtinchi o'rinda borishmoqda. 

"Man Siti"ning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov esa bu safar ham zaxira o'rindig'ida qoldirildi.

 

19 apr 2025, 19:00
Everton — Manchester City
0 – 2
Tugadi



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia