APL. “Chelsi” oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuborib, tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi

Eldor Akmurzayev
17 okt 2020, 21:00
Angliya chempionati 5-turidan o'rin olgan Londondagi bellashuv gollarga boy tarzda o'tdi.

Uchrashuvda boshida mezbonlar Timo Vernerning dubli evaziga oldinga o'tib olishdi. 43-daqiqada Denni Ings oradagi farqni qisqartirdi. 2-taym avvalida Charli Adams muvozanatni tikladi – 2:2. Mazkur goldan biroz o'tib, Kay Xaverc Vernerning uzatmasidan keyin raqib darvozabonini dog'da qoldirdi. Hakam tomonida qo'shib berilgan oxirgi daqiqarlarda mehmonlar himoyachisi Yannik Vestergor to'p kiritib, uchrashuv jangavor natija bilan tugashiga zamin yaratdi – 3:3!

Chelsi – Sautgempton 3:3 (2:1, 1:2)

Stemford Bridj

Gollar: 1:0 – 15 Verner, 2:0 – 28 Verner, 2:1 – 43 Ingz, 2:2 – 57 Adams, 3:2 – 59 Xavertc, 3:3 – 90 Vestergor.

Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Chiluell, Kristensen, Pulishich (Djeyms, 87), Kante, Maunt (Ziesh, 72), Jorjino, Xavertc, Verner (Abraxam, 90).

Sautgempton – Makkarti, Vestergor, Uoker-Piters, Bertran, Bednarek, Redmond (Tella, 77), Uord-Prouz, Romeu (Diallo, 87), Uolkott, Adams (Long, 86), Ingz.

Ogohlantirishlar: Chiluell (48), Romeu (84).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia