Liverpul Stemford Brijda Chelsini mag'lub etdi

Eldor Akmurzayev
20 sen 2020
Angliya chempionati 2-turidan o'rin olgan markaziy bellashuv “Chelsi” – “Liverpul” yakunlandi


Chelsi – Liverpul 0:2 

20.30, Stemford Brij

Chelsi – Arrisabalaga, Alonso, Jeyms, Zuma, Kristensen, Kante, Kovachich (Ross Barkli, 80 ), Maunt, Jorjino (Temmi Abraxam, 80), Xavertc((Fikayo Tomori, 46 ), Verner.

Liverpul – Alisson, van Deyk, Aleksander-Arnold, Robertson, Fabino, Keyta (Jeyms Milner, 64 ), Xenderson(Tiago Alkantara ,46 ), Mane, Veynaldum, Saloh, Firmino (Takumi Minamino, 86 ).

Gol: 0:1 - Mane 50, 0:2 - Mane 54

Chetlatish: Kristensen 45

 



MATNLI TRANSLYATSIYA


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. 

Ikkinchi bo'limga hakam uch daqiqa qo'shib berdi. 

86. O'zgarish. Mehmonlar safida navbatdagi o'zgarish. Minamino Firminoning o'rniga maydonga tushdi

84. ZARBAAAAA. Abraxam jarima maydonchasining ichida kuchli zarba yo'lladi, biroq Alisson zarbani qaytarmoqda. 

82. Yana bir xavfli zarba. Bu safar Tiago o'z omadini sinab ko'rdi, lekin Kepaning baxtiga zarba noaniq ketdi.

80. O'zgarish. Chelsi safida harakat qilgan Kovachich va Jorjino o'rniga Ross Barkli va Temmi Abraxam maydonga tushirildi.

79. ZARBAAAAAA. Aleksander-Arnolding jarimadan bergan zarbasiga noaniq ketdi. 

75. Ana xolos. Jorjino o'n bir metrlikda jarimadan foydalana olmadi.

73. Penalti. Vernerni himoyachilar jarima maydonchasining ichida eqitishdi va hakam ikkilanmasdan penalti ko'rsatdi.

68. UXXXXXXXX. Maunt Bekkerning biroz darvozadan chiqqani ko'rdi va kuchli zarba yo'lladi, biroz biroz zarbaga aniqlik yetishmadi

66. ZARBAAAAAA . Veynaldumning xavfli va kuchli zarbasini Kepa qaytarishga erishdi.

64. O'zgarish. Liverpul safida ikkinchi o'zgarish, maydonda harakat qilgan Keytaning o'rniga Jeyms Milner harakat qiladi. 

60. ZARBA. Salohning jarima maydoning tashqarisidan yo'llagan zarbasini, himoyachilar burchakka chiqarib yuborishdi.

54. GOOOOOOOOOOOL. Mane dubl qayd etmoqda. Kepaning qo'pol xatosidan foydalanib, hisobni 0:2ga keltirib qo'ydi.

Saloh - Firmino - Mane uchligi yana bir bor o'zini ko'rsatdi. Firminoning uzatmasidan so'ng Sane boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi.

50. GOOOOOOOOOL. Mane hisobni ochdi.

46. Har ikki jamoada o'zgarish bo'ldi. Chelsi safida harakat qilgan Kay Xaverc o'rniga Fikayo Tomori maydonga tushdi. Mehmonlar tarkibida esa Tiago Alkantara Jordan Xendersonning o'rniga tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi 

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI. Hozircha hisob 0:0.

45+3. ZARBA. Aleksander-Arnold jarima zarbasini amalga oshirdi, biroz noaniq.

45. QIZIL KARTOCHKA. VAR Kristensenga qizil berish yoki yo'qligini tekshirdi va mezbonlar himoyachisini maydonni tark etmoqda.

44. Uchrashuvda ilk ogohlantirish. Mane raqib jarima maydonchasiga tezlik bilan ketayotganida Chelsi himoyachisi Kristensen tomonidan to'xtatib qoldi. Mehmonlarda yaxshi imkoniyat. 

36. Mehmonlar hujum qilishdan to'xtashmayapti. Bu safar qanotdan uzatilgan to'pni Robertson darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, biroq uning zarbasi ham noaniq ketdi.

35. ZARBA. Salohning uzatma aralash zarbasi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

34. Mehmonlar navbatdagi burchak zarbasini tepish imkoniyatini qo'lga kiritishdi, lekin barchasi Chelsi uchun yaxshi yakunlandi.

32. ZARBAAAAAAA. Verner Fabinodan o'tib kyetishga erishdi va jarima maydonchasining tashqarisidan kuchli zarba yo'lladi, biroq zarbaga biroz aniqlik yetishmadi

24. Arnold-Saloh-Arnold hujuminini yana bir bor mezbonlar himoyachilari qaytarib yuborishmoqda.

14. UXXXXXX. Arrisabalaga to'pga chiqdi, biroq to'pga birinchi bo'lib Salax yetib bordi va tezda Firminoga pas berdi, biroq himoyachilar darvozaga kirayotgan to'pni qaytarishidi.

12. ZARBA. Mehmonlar yarim himoyachisi Veynaldum chamasi 20 metrdan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi.

9. Birinchi burchak zarbasini mehmonlar amalga oshirdi, biroq hozircha Chelsi himoyachilari o'z o'rnida.

7. Har ikki jamoa vakillari ham bir-birlarini o'rganishmoqda. To'p asosan maydon markazida harakatlanmoqda.

1. O'YIN BOSHLANDI 

- Uchrashuv soat 20:30da boshlanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia