APL. “Chelsi” safarda yirik g'alabaga erishdi va kuchli to'rtlikka qaytdi

Eldor Akmurzayev
31 okt 2020
Angliya chempionati 7-turidan o'rin olgan "Byornli" - "Chelsi" bahsi o'z nihoyasiga etdi.

Unda mehmonlar 3:0 natijasi bilan zafar quchdi. Aristokratlar safida gollarni Xakim Ziesh, Kurt Zuma va Timo Verner urdi. 

Mazkur g'alabadan keyin londonliklar ochkolari sonini 12 taga etkazib olib, jadvalda 4-o'ringa ko'tarildi. “Byornli” esa 1 ochko bilan aytsayder bo'lib turibdi.

"Byornli" – "Chelsi" 0:3

"Terf Mur"

Gollar: 0:1 – 26 Ziesh, 0:2 – 63 Zuma, 0:3 – 70 Verner.

"Byornli" – Poup, Tarkovski, Louton, Teylor, Long, Stivens (Rodriges, 46), Vestvud, Braunxill, Maknil, Vud, Barns (Breydi, 73).

"Chelsi" – Mendi, Chiluell, Zuma, Tiago Silva, Jeyms, Maunt, Kante, Ziesh (Xadson-Odoi, 73), Xavertc, Verner, Abraxam (Jiru, 77).

Ogohlantirish: Long (49).

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia