"Qizil iblislar" "Byornli" maydonidan g'alaba bilan qaytdi

Angliya chempionati 20-turi doirasidagi navbatdagi uchrashuv yakunlandi.

Mazkur bahs taqdirini ikkala bo'lim so'nggida Antoni Marsyal va Markus Reshford tomonidan kiritilgan gollar hal qildi. 

APL musobaqa jadvali bilan tanishing.

Byornli – Manchester Yunayted 0:2 

29 dekabr, 00.45, "Terf Mur"

Gollar:

0:1 – 44 Marsyal, 0:2 – 90 Reshford.

Byornli – Poup, Mi, Teylor, Bardsli, Tarkovski, Kork (Breydi, 87), Vestvud, Xendrik (Rodriges, 59), Maknil, Vud, Barns (Gudmundsson, 68).

Manchester Yunayted – De Xea, Uilyams, Yang, Lindelef, Maguayr, Pereyra (Lingard, 73), Matich, Djeyms, Fred, Marsyal, Reshford.

Ogohlantirishlar:

Bardsli (23), Mi (61), Teylor (71), Maknil (89), Uilyams (90), Lingard (90), Fred (90).


Manba: championat.asia