APL. “Aston Villa” safarda yirik g'alabaga erishdi

APL 3-turi doirasida “Fulxem” o'z uyida “Aston Villa”ga imkoniyatni boy berdi.

Birinchi bo'limning uchdan bir qismi ortda qolayotgan bir vaqtda mehmonlar ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib olishdi. Grilish va Xurixeyn gol urishga erishishdi. Ikkinchi bo'limda Tayron Mings hisobni yiriklashtirdi -0:3.

“Aston Villa” olti ochko bilan turnir jadvalining 4-pog'onasiga ko'tarilib olgan bo'lsa, “Fulxem” 0 ochko bilan 20-pog'onada bormoqda.


Manba: championat.asia