APL. “Arsenal” “Nyukasl”ni mag'lub etib, 3-o'ringa ko'tarilib oldi

2 apr 2019, 07:00
Kecha APL 32-turi doirasida so'nggi bellashuv bo'lib o'tdi.

Unda “Arsenal” “Nyukasl”ni o'z maydonida mehmon qildi. Uchrashuvda hisobni 30-daqiqada Aaron Remzi ochgan bo'lsa, 83-daqiqaga kelib Aleksandr Lyakazett o'yinga yakuniga nuqtani qo'ydi. Natijada “Arsenal” 63 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

APL musobaqa jadvali bilan tanishing!

Arsenal – Nyukasl 2:0

Gollar: 1:0 – 30 Remzi, 2:0 – 83 Lyakazett.

Arsenal – Leno, Mustafi, Papastatopulos, Monreal, Meytlend-Naylz, Remzi (El-Nenni, 67), Gynduzi, Kolashinac, O‘zil (Mxitaryan, 84), Ivobi (Obameyang, 61), Lyakazett.

Nyukasl – Dubravka, Yedlin, Lejen, Lassels, Dammett, Ritchi (Kenedi, 75), Peres (Muto, 77), Xeyden (Ki Son En, 67), Diame, Almiron, Rondon.

Ogohlantirishlar: Monreal (59), Kolashinac (71).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia