APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi

Administrator
22 fev 2025, 22:04
APL 26-tur doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tmoqda.

"To'pchilar" o'z uyida "Vest Xem"ni qabul qilishdi va kutilmaganda mag'lubiyatga uchrashdi. O'yindagi yagona gol Bouen tomonidan kiritildi. Shuningdek, zaxiradan maydonga tushgan mezbonlar o'yinchisi Maylz Luis-Skelli maydondan chetlatilganini qayd etish mumkin. Endi "Liverpul" bilan oradagi farq 8 ochkoni tashkil etadi.


"Arsenal" - "Vest Xem" 0:1

Gol: Jerrod Bouen (44).




"Shporlar" esa mehmonda "Ipsvich Taun"ni 4:1 hisobida taslim etishdi.


"Ipsvich Taun" - "Tottenxem" 1:4

Gollar: Omari Xatchitson (36) - Brennan Jonson (18, 26), Jed Spens (77), Deyan Kulusevski (84)



O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia