APL. 20-tur. Bugun "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" va boshqa o'yinlar

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2014
Angliya premer-ligasida bugun 20-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
Bugun turning barcha 10ta o'yini o'tkaziladi. Musobaqa peshqadami “Arsenal” o'z uyida “Kardiff Siti”ni qabul qilsa, “Chelsi” safarda “Sautgempton”ga qarshi o'ynaydi. Tur esa “Suonsi” - “Manchester Siti” uchrashuvi bilan boshlanadi. So'nggi ikki turda mag'lub bo'lgan Luis Suares boshchiligidagi “Liverpul” “Enfild Roud”da o'tgan turda 6ta gol urishga erishgan “Xall Siti” bilan bellashadi.

Turning markaziy bahsi Manchester shahrida bo'lib o'tadi. Unda Devid Moyes boshchiligidagi “Manchester Yunayted” klubi Londonning “Tottenxem” klubini qabul qiladi.

Ushbu o'yinlar saytimiz orqali batafsil yoritilib boriladi. Quyida bahslarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan keltirilgan.

FIFA.UZ da 20-tur dedlayni 1 yanvar kuni soat 16:00da tugaydi.

Angliya chempionati
1 yanvar
17:45 Suonsi : Manchester siti
20:00 Arsenal : Kardiff siti   
20:00 Kristal Pelas : Norvich   
20:00 Fulxem : Vest Xem
20:00 Liverpul : Xall Siti
20:00 Sautgempton : Chelsi
20:00 Stok siti : Everton
20:00 Sanderlend : Aston Villa
20:00 Vest Bromvich : Nyukasl   
22:30 Manchester Yunayted : Tottenxem

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia