
“Premer-liga bugun futbol assotsiatsiyalari bilan birgalikda uchrashib, Superliga yaratilishi bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.
Uchrashuvda 14 klub qatiy va bir ovozdan musobaqa rejalarini rad etdi. Premer-liga buni oldini olish, shuningdek, Superligaga qo'shilgan akciyadorlarni qoidalarga muvofiq javobgarlikka tortish uchun barcha choralarni ko'rib chiqmoqda.
Liga manfaatdor tomonlar, shu jumladan, muxlislar guruhlari, hukumat, UEFA, Angliya futbol assotsiatsiyasi, Angliya Ligasi, futbolchilar va murabbiylar assotsiatsiyalari bilan ishlashni davom ettiradi hamda boshqa musobaqada qatnashmoqchi bo'lgan klublarni buni to'xtatishga chaqiradi.
Premer-liga muxlislarga va barcha manfaatdor tomonlarga ushbu muhim masalada ko'rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiradi”, deb yoziladi bayonotda.