Anzur Ismoilov: "Yordam kerak bo'lsa, terma jamoaga qaytishga tayyorman"

Alisher
16 apr 2020, 16:55
"Paxtakor" himoyachisi Anzur Ismoilov O'zbekiston terma jamoasiga qaytishga tayyorligini bildirdi.

Futbolchi bu haqda saytimiz tomonidan tashkil etilgan "Tezkor studiya"ning onlayn videokonferenciyasida ma'lum qildi.

"To'g'ri, o'yindan so'ng Vadim Abramov oldimga kelib, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi terma jamoalarga qarshi o'yinlarda ikkinchi qavatdagi ustunlikni taminlash uchun yordam berishimni so'radi. Men ham buni rad etmadim. Sababi men terma jamoaga yordam berish uchun doim tayyorman", - deydi Ismoilov.

Eslatib o'tamiz, tajribali himoyachi terma jamoadagi faoliyatini 2019 yilning sentyabr oyida yakunlagan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia