

Anzur Ismoilov uchrashuvda to'liq ishtirok etdi. Bahsning ilk daqiqasida mehmonlar futbolchisi Elavich hisobni ochdi, biroq 8-daqiqada ular bir kishi kam bo'lib qolishdi.
O'yinning 28-daqiqasida Odion Igalo penaltidan foydalana olmadi. Ikkinchi bo'lim boshida Long Tan hisobni tenglashtirdi. 90-daqiqada yana bir mehmon futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatildi. "Chanchun Yatay" esa raqib darvozasini ikkinchi marotaba ishg'ol qila olmadi va bahs 1:1 hisobida yakunlandi.



