“Anji” jamoasining yangi bosh murabbiyi Tashuev bo'ladi

Narzulla Saydullayev
22 may 2014
“Anji” klubining yangi bosh murabbiyi Sergey Tashuev bo'ladi, deb xabar bermoqda “Sport-Ekspress” nashri.
Manba ma'lumotiga ko'ra, o'tgan mavsumda Doneckning “Metallurg” klubiga ustozlik qilgan bu mutaxassis bilan shartnoma imzolangan.

Avvalroq, Tashuevga bir qator Rossiya klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Tashuev murabbiylik faoliyati davomida Nalchikning “Spartak” hamda Belgorodning “Salyut” klublarida ishlashga ulgurgan.

Eslatib o'tamiz, bugun kunning birinchi yarmida Gadji Gadjiev “Anji”ni tark etgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com