“Anji” yoz mavsumida dunyo bo'yicha futbolchilarni sotishdan eng ko'p daromad ko'rgan klubga aylandi

Narzulla Saydullayev
3 sen 2013, 15:11
“Anji” klubi yozgi transfer oynasi paytida futbolchilarni sotishdan 136,4 million evro foyda ko'rdi.

Shunday qilib, maxachqalaliklar futbolchilarni sotishdan dunyo bo'yicha eng ko'p daromad ko'rgan klublar ro'yxatida birinchi o'rinni egallashdi, deb xabar beradi Transfermarkt.

Transfyerdan katta foyda ko'rgan klublar ro'yxatining ikkinchi o'rnini Garet Beylni “Real”ga sotishdan ko'p daromad ko'rgan “Tottenxem” klubi egallab turibdi. Londonliklar 118 million foyda ko'rishgan.

Quyida transfer oynasi paytida katta foyda ko'rgan 10 ta klub ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin.

1. Anji – 136,4 million evro
2. Tottenxem – 118 million
3. Real – 114,5 million
4. Roma – 104,9 million
5. Sevilya – 90,4 million
6. Atletiko – 78 million
7. Portu – 74,6 million
8. Santos – 70,2 million
9. Napoli – 67,7 million
10. Shaxter – 67,5 million 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru