Anxel Lopes: "O'zbekiston futbolidan ijobiy manoda hayratdaman"

Sherzod Nurmatov
15 apr 2022, 22:13
O'zbekiston kubogi 2-turi doirasidagi "Bunyodkor" – "Surxon" (0:0) o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida 

- Yigitlarimiz bilan faxrlanaman. Biz chiroyli va sifatli o'yin namoyish qildik. Biz maydonda ustunlik paytlar ham bo'ldi. Maydonda borimizni berdik. "Bunyodkor" Superligada kam ochko to'plamagan, munosib raqib. 

- Jamoa bugun himoyada yaxshi o'ynadi, biroq hujumda oqsash kuzatilmoqda...

- Hujumchilarimiz yaxshi harakat qilishdi. Bizda yaxshi saviyadagi hujumchilar mavjud. To'g'ri, ularda hammasi ham o'xshamadi, biroq faol harakatlanishdi. Biz "Bunyodkor"ni o'rganib chiqqandik, ular "Metallurg"ga 4 ta gol urishdi, bu bejiz emas. Biz jamoaviy o'yin ko'rsatamiz. 

- "Surxon" bosh murabbiyi sifatida 6 ta rasmiy o'yin o'tkazdingiz. Mana shu muddat ichida o'zbek futboli haqidagi tasavvurlaringiz qanchalik o'zgardi?

- To'g'risi, ijobiy manoda hayratdaman. Chunki bu yerda futbol yuqori saviyada – tashkilotchilik, jamoalar va hokazo. Biz ko'p mehnat qilayotganimizga qaramay, hamma o'yinda ham gol ura olmadik. "Navbahor", "Bunyodkor" klublari o'yinlarini ko'rishga ulgurdim. Aytishim mumkinki, Superliga Osiyoning yetakchi chempionatlaridan biri ekan.  Bu yerda kop vaqt ishlashni va "Surxon"ga foyda keltirishni xohlagan bo'lardim. 

- Raqib jamoa safida eng faol o'ynagan futbolchi sifatida Sarvar Karimovni ko'rsata olasizmi?

- "Bunyodkor" o'z uslubiga ega kuchli jamoa. Men Davronjon Ergashev va Dilshod Jo'raevni ajratib ko'rsatgan bo'lardim. Ular tajovuzkor harakat qilishadi hamda maydonda ko'p mehnat qilishadi. O'yindan oldin yigitlarga ularni etirof etgandim va jiddiy hozirlik ko'rgandik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia