

Solievga qadar 400lik marraga Asror Aliqulov, Anvar Berdiev, Vali Keldiev, Ro'ziqul Berdiev, Abdumajid Toirov, Botir Qoraev, Muxtor Qurbonov va No'mon Hasanov yetib kelgandi. Soliev esa 9-bo'lib shunday natijaga erishib, oliy liga afsonalari qatoridan o'rin oldi.
Soliev "Paxtakor"da 202, "Bunyodkor"da 102, "Navbahor"da 85 va "Nasaf"da 11 o'yinda ishtirok etgan. Jamoamiz safida 85, "Bunyodkor"da 46, "Navbahor"da 29 va "Nasaf"da 3 gol muallifiga aylangan.
Anvar hozirgacha 11 bor O'zbekiston chempioni va 9 marta O'zbekiston Kubogi sohibi bo'lgan. Bu borada u mutloq rekordchi hisoblanadi.



