Anvar Rashidov asosiy tarkibdan akademiyaga o'tdi

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2017, 10:01
"Paxtakor" klubi darvozabonlar murabbiyi Anvar Rashidov faoliyatini akademiyada davom ettiradi.

Gruziyalik murabbiylarning o'z rejalari bo'lgani uchun ko'p yillardan beri klubda ishlab kelgan murabbiy akademiyaga o'tkazildi. Asosiy tarkibda darvozabonlar bilan xorijlik mutaxassis ishlashi kutilayapti.

Anvar Rashidov o'z navbatida O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida ham faoliyat olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia