Anvar Rahimov “Oq-tepa” yig'iniga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
23 fev 2015, 23:52
27 yoshli futbolchi yana birinchi ligada o'ynaydigan ko'rinadi.
Boisi Rahimov “Qo'qon-1912”dan ketgach, ma'lum muddat jamoasiz yurgandi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Anvar kuni-kecha Toshkentning “Oq-tepa” jamoasi yig'iniga borib qo'shilgan. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini qo'qonliklar tarkibida o'tkazgan futbolchi oliy ligada barqaror o'ynab keta olmayapti. Shu bois bo'lsa kerak, u ko'pincha birinchi ligada yuqori o'rinni maqsad qilgan jamoada ko'nim topmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia