Anvar O'rinov: "O'z o'yinimizni topib olish uchun ozgina vaqt kerak"

Narzulla Saydullayev
10 apr 2014, 13:36
Kosonning "Alanga" jamoasini bu yil Anvar O'rinov boshqarmoqda.
Unga Nasim Shoimov murabbiylar shtabida yaqindan yordam bermoqda. Bu jamoa uchun mavsum omadli keldi deb bo'lmaydi. O'z maydonida "Guliston" va "Zomin"ga qarshi kechgan bahslarda jamoa qimmatli ochkolarni boy berdi. Buni sababini bilish maqsadida jamoa ustozi O'rinovga murojaat qildik.

- Mavsumni bu tarzda omadsiz boshlaymiz deb albatta o'ylamagandik. O'tkazilgan ikki o'yindan chiqib shuni aytishim mumkinki, futbolchilarim haligacha to'liq sport formaga kirib olmadi. Qolaversa mavsumga tayyorgarlik ham ancha kech boshlandi. Ustiga ustak bir nechta asosiy o'yinchilarimiz "Futbol-MED" ko'rigidan muvaffaqiyatli o'ta olishmadi. Shu bois Tohir Abdurazzoqov, Obid Mamatov kabi yetakchi o'yinchilarimiz dastlabki turlarda jamoamizga yordam bera olmadi.

Umid qilamanki ular safga qaytsa o'yinimizda o'sish bo'ladi.

Umuman olganda "Guliston"ga qarshi bahsda gol urish uchun bir qator imkoniyatlarni yuzaga keltira oldik. Ammo ulardan oqilona foydalanishga kelganda yigitlarga aniqlik yetishmadi.

"Zomin" bilan o'yinda ham shogirdlarim yaxshi harakat qildi. Ammo bu uchrashuvda ham so'nggi daqiqada gol o'tkazib yuborib, tayyor g'alabani qo'ldan chiqardik.

Men qo'l ostimdagi yigitlarga ishonaman. Chempionat endi boshlandi. Turdan-turga o'yinimiz yaxshilanib boradi degan umiddaman.

Oldimizda turgan eng asosiy vazifa avvalo yuqori sakkiztalikka kirish. Shuningdek muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatish.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia