

- Bugun vodiy derbisi. Vodiyda har qanday jamoalar o'zaro o'ynaganda uchrashuv shiddatli ko'rinish oladi. Biz har qanday jamoani hurmat qilamiz, lekin maydonda kurash bo'ladi.
Jamoamizning turnir jadvalidagi o'rniga qarab shuni aytmoqchimanki , bizda ortga yo'l yo'q, faqat olg'a borishimiz kerak. Shuning uchun bugun maydonga faqat g'alabani ko'zlagan holda maydonga chiqamiz.
“Navbahor”da ishlaganman, lekin hozir u yerda boshqa murabbiylar va boshqa jamoa tuzilgan. Shuning uchun raqiblarimiz haqida bir nima deya olmayman. Biz faqat o'zimizni o'yinimiz haqida o'ylayapmiz. O'ylamanki bugun stadionga kelgan muxlislar xursand holda uyga qaytishadi, - deydi Jabborov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati



