Anvar Berdiev: "Buxoro" standart vaziyatlardan foydalanib ketdi"

Mirjalol Normatov
8 avg 2024, 22:07
Pro-liganing 15-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Buxoro" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Guvohi bo'ldinglar,  uchrashuv og'ir kechdi. Yutqazishimiz mumkin bo'lmagan o'yinda yutqazib qo'ydik. "Buxoro" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlikka kirishamiz.

- O'tkazib yuborilgan gollarda jamoaga nima yetishmadi deb o'ylaysiz?

- "Buxoro"ning gollari standart vaziyatlardan kiritildi. Standartlarda har bir futbolchi o'zi qo'riqlayotgan raqib bilan oxirigacha kurashishi kerak. Vaziyatlarni ko'rib chiqib, tahlil qilamiz. Gol o'tkazvordikmi, demak xato butun jamoani bo'ladi.

- Tanaffusdan keyingi birinchi o'yindan ko'nglingiz to'ldimi?

- Yigitlar yomon o'yin ko'rsatishmadi. Biroq, "Buxoro" o'z vaziyatlaridan unumli foydalanib ketdi. Hisobni tenglashtirganimizdan so'ng ham golli vaziyatlarimiz bo'ldi, ozgina omad yetishmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia