Antonio Ryudiger: "APL – dunyodagi eng qiyin liga"

Tolibjon Qosimov
10 iyul 2017
"Roma"dan "Chelsi"ga o'tgan himoyachi Antonio Ryudiger Rim klubi muxlislari bilan xayrlashdi.
"Roma"da ko'plab do'stlar orttirdim. Lekin, "Chelsi"dan taklif tushganda bu haqda jiddiy o'ylab ko'rishimga to'g'ri keldi. Hayotda hech qachon ikkinchi imkoniyat berilmaydi deb o'yladim. APL – dunyodagi eng qiyin liga. "Chelsi" esa Antonio Kontening himoyaviy uslubi bilan men uchun oldinga tashlangan qadam bo'ldi. "Roma"ga qo'llab-quvvatlash uchun rahmat", - deb yozdi himoyachi o'zining instagram sahifasida.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net