Antonio Mateu Laos LaLiganing 16-turida ishlamaydigan bo'ldi

Mirjalol Normatov
5 yanv 2023
LaLiganing 16-turi uchun hakamlar ma'lum qilindi.

Bosh hakamlar ro'yxatida Ispaniyaning mashhur hakamlaridan biri Antonio Mateu Laos qayd etilmadi. Bunga sabab sifatida hakamning so'nggi 3 o'yinida 31 sariq va 4 qizil kartochka ko'rsatilgani keltirildi.

Jumladan, Laos Ispaniya chempionati doirasidagi "Espanol" - "Barselona" bahsida Jordi Alba va Vinisius Kostani maydondan chetlatdi, ularning orasiga so'nggi daqiqalarda Xavi ham qo'shildi. Ispaniya Kubogi doirasida "Sevilya" - "Linares" bahsida esa andalusiyaliklar ustozi Xorxe Sampaoli qizil kartochka bilan jazolandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal